Özbekistonning Jyenevadagi elçisi Ravşan Usmonov FIA boşqarma boşliği Jonatan Refoy bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.
Uçraşuv davomida Jonatan Refoy FIA faoliyati, şuningdek, Özbekiston bilan hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumot berdi. Uning sözlariga köra, joriy yil 10–12 dekabr kunlari Toşkent şahrida FIA Boş assambleyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötadi.
Yiğiliş doirasida yöl harakati xavfsizligi, avtomobil standartlari, ekologik barqarorlik, şaharlarda tirbandliklarni kamaytiriş va elektr hamda gibrid avtomobillarni ommalaştiriş masalalari muhokama qilinişi rejalaştirilgan. Şuningdek, bu yönalişlarda manfaatdor idoralar bilan hamkorlikni yölga qöyişga tayyorlik bildirildi.
Ma’lumot uçun: FIA — 1904 yili Parijda taşkil etilgan xalqaro taşkilot bölib, jahon avtosportini muvofiqlaştiradi, avtomobil xavfsizligini ta’minlaş va madaniyatini rivojlantirişga xizmat qiladi. Taşkilotning boş qarorgohi Parijda, boşqaruv ofisi Londonda, moliya bölimi esa Jyenevada joylaşgan.








