Özbekiston elçisi Ravşan Usmonov Britaniyaning PBS International kompaniyasi ijroçi direktori Xanna Senior bilan uçraşuv ötkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.
PBS International – ösimliklar çanglanişini nazorat qiliş böyiça dunyodagi yetakçi kompaniyalardan biri hisoblanadi. 50 yildan ortiq tajribaga ega uşbu kompaniya ösimlik seleksionerlari va uruğ işlab çiqaruvçilar uçun mahsulotlar işlab çiqaradi hamda 35 dan ortiq davlatga eksport qiladi.
Suhbat davomida Britaniya tomoni Özbekistonda qişloq xöjaligi sohasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, xususan, meva-sabzavotçilikni rivojlantiriş, ekinlar diversifikatsiyasi va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş borasidagi izçil sa’y-harakatlarni yuqori baholadi.
PBS International vakili kompaniyaning çanglaniş jarayonini samarali boşqarişga qaratilgan innovatsion yeçimlari orqali yuqori sifatli navlarni yaratişda, uruğçilik samaradorligini oşiriş va hosildorlikni kötarişda Özbekiston bilan hamkorlik qilişga tayyorligini ma’lum qildi.
Tadbirda seleksiya va uruğçilik sohasida britaniyalik va özbekistonlik mutaxassislarning tajriba almaşişi uçun turli uçraşuv va seminarlar taşkil etiş, sohaga yangi innovatsion loyihalarni joriy etiş masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar agrar sektorda yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlar yetiştiriş, eksport salohiyatini oşiriş va ilğor ilmiy işlanmalarni amaliyotga tatbiq etiş yönalişida özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş muhim ekanini ta’kidladi.








