London: «Gazprom»ning daromadlari 2030 yilgacha kamayib boradi
Britaniya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, kelgusida «Gazprom» savdo hajmining oshishi yangi transport infratuzilmasi, masalan, «Sibir kuchi - 2» gaz quvuriga bog‘liq bo‘ladi.

Foto: RIA Novosti / Maksim Blinov
Rossiya energetika giganti «Gazprom»ning Yevropa bozorini yo‘qotishi tufayli sezilarli darajada kamay gan daromadlari kamida 2030 yilgacha pasayishda davom etadi. Bunday prognozni Britaniya Mudofaa vazirligi 12 may, yakshanba kuni ma’lum qildi.
«Rossiyaning 2022 yilda Ukrainaga hujumi va keyinchalik Rossiyaning G‘arb bilan munosabatlari yomonlashuvi «Gazprom» faoliyatida sezilarli cheklovlarga olib keldi. Ehtimol, «Gazprom» o‘z eksportini Yevropa bozorlariga qaramlikdan uzoqroq yo‘naltira olmagani kamida 2030 yilga qadar uning daromadlarini cheklashda davom etishi mumkin», - deya ma’lum qildi Britaniya Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqda.
«Gazprom»ning muqobil bozorlarga o‘tishi
Ta’kidlanishicha, «Gazprom» o‘z sotuvlarining bir qismini muqobil bozorlarga o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan. «Biroq, infratuzilma cheklovlari tufayli bu 2023 yilda Yevropa bozorlarida yo‘qotilgan sotuvlarning 5-10 foizini qoplash imkonini berdi», deb ta’kidlaydi britaniyalik ekspertlar. «Kelajakda sotish hajmining o‘sishi yangi eksport infratuzilmasiga, masalan, «Sibir kuchi - 2» gaz quvuriga bog‘liq bo‘lishi ehtimoldan xoli emas», - deydi ular.
2022 va 2023 yillarda «Gazprom» daromadlariga yuqori soliq solinishi kompaniyaning muqobil bozorlarni kengaytirishga sarmoya kiritish qobiliyatini va rag‘batlarini deyarli kamaytirdi, deydi britaniyalik mudofaa tahlilchilari. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023 yilda «Gazprom» Rossiya davlat budjetiga taxminan 2,5 trillion rubl (konvertatsiya qilinganda: 28 milliard AQSh dollari yoki 26 milliard yevro) to‘lagan, bu Rossiya Federatsiyasi umumiy davlat daromadlari taxminan 9 foizini tashkil etdi.
«Rossiya hukumati 2024 yilda «Gazprom»ga soliq yukini yanada oshirishni rejalashtirmoqda, bu «Gazprom»ning 2024 yilda investitsiyalarni 15 foizga qisqartirish qaroriga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin», - deya ta’kidlaydi Britaniya Mudofaa vazirligi.
«Gazprom» daromadlarining pasayishi
Avvalroq, may oyi boshida Financial Times va ProFinance internet-nashrlari Yevropaga sotuvning pasayishi tufayli «Gazprom» «so‘nggi o‘n yilliklardagi eng katta yo‘qotishlarga uchraganini» xabar qilgan edi.
«Energiya giganti Ukrainadagi urush oqibatlaridan aziyat chekmoqda, chunki Yevropa Rossiya ta’minotidan bosh tortmoqda», — deyiladi ikkala nashrda. ProFinance mualliflari ta’kidlaganidek, «Gazprom»ning daromadi o‘tgan yil shu davriga nisbatan qariyb 30 foizga kamayib, 8,5 trillion rublni tashkil qildi, gaz sotish esa 8,4 trilliondan 4,1 trillion rublgacha kamaydi.
Britaniya Mudofaa vazirligi o‘z prognozida aynan shu ma’lumotlarga tayanadi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tojikistonda internetda «layk» bosganlik uchun jinoiy jazo bekor qilindi
Jahon | 17:14
-
Texnomart GUM filialida Samsung kompaniyasining SmartThings zonasi ochilishi: aqlli uy haqiqatga aylanmoqda!
O‘zbekiston | 17:00
-
Instagram o‘smirlar uchun ba’zi cheklovlarni joriy qiladi
Jahon | 16:39
-
“Qishloqda yashab ham kam bo‘lmadik” - qo‘shtepalik bog‘bon
Jamiyat | 16:35
Mavzuga oid

14:14 / 11.04.2025
Britaniya O‘zbekistondagi loyihalarga investitsiya kompaniyalarini jalb qilishga ko‘maklashadi

15:09 / 09.04.2025
Qoraqalpog‘istondagi “Shoxpaxta” gaz koni bo‘yicha “Gazprom” bilan bitim yakuniga yetdi

12:47 / 09.04.2025
Britaniyaning yirik investitsiyaviy holdingi O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi

12:05 / 07.04.2025