O‘zbekiston | 08:17 / 13.05.2024
14176
1 daqiqa o‘qiladi

Mehnat qonunchiligi eng ko‘p buzilayotgan sohalar ma’lum qilindi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mehnat qonunchiligi qaysi sohalarda eng ko‘p buzilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Vazirlik 2024 yilning yanvar-aprel oyi davomida qayd etilgan holatlarni tahlil qilib chiqdi. 

Ma’lum qilinishicha, mehnat qonunchiligining eng ko‘p buzilishi xalq ta’lim muassasalarida kuzatilgan — 5 612 ta. 

Undan keyingi o‘rinda maktabgacha ta’lim muassasalarida shunday qonunbuzilish holatlari ko‘p bo‘lgan - 2 173 ta.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida mehnat qonunchiligi buzilishi bilan bog‘liq - 1 215 ta, qurilish tashkilotlarida - 266 ta, qishloq xo‘jaligida - 452 ta holat qayd etilgan.

Mavzuga oid