Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya O‘zbekistondagi startap loyihalarga sarmoya kiritadi
Vengriyada investitsiya va venchur kapitali sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti birinchi prorektori Akrom Umarov Vengriyaga safari davomida Obuda universiteti professori Chaba Arendash bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Obuda universiteti Vengriyaning venchur kapitalining asosiy markazi hisoblanadi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi investitsiyalarni jalb etish sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli ishbilarmonlik hamkorligi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, investitsiya va venchur kapitali sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini faollashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Muzokaralar natijasida Obuda universiteti tomonidan venchur kapitali sohasida taqdimot o‘tkazish, Vengriya tomonining O‘zbekistondagi startap loyihalarga sarmoya kiritish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.
Mavzuga oid
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
18:06 / 27.05.2026
Vengriya parlamenti Xalqaro jinoiy suddan chiqish jarayonini to‘xtatdi
09:44 / 23.05.2026
Vengriya ukrain mahsulotlari importini yana taqiqladi
09:03 / 11.05.2026