O‘zbekiston va Kuvayt o‘zaro savdo hajmini oshirish to‘g‘risida bitim imzolaydi
O‘zbekiston investitsiyalar, savdo va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Nozim Xolmurodov boshchiligidagi mamlakat delegatsiya amaliy tashrif bilan Kuvaytda bo‘ldi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, tashrif davomida Kuvaytda O‘zbekistonning investitsiyaviy, eksport va turistik salohiyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma va V2V formatidagi uchrashuvlar tashkil etildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi, shuningdek, Kuvayt vazirlik va idoralari rasmiylari hamda yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Muzokaralar chog‘ida energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, qurilish materiallari, metallurgiya va kimyo sanoati, turizm va infratuzilma sohalaridagi muhim loyihalar xorij tomoniga taqdim etildi.
Xususan, Kuvayt Savdo va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Ziyad An-Najim bilan kechgan muloqotda O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi hajmi ikki davlat imkoniyatlariga mos kelmasligi ta’kidladi.
Tomonlar O‘zbekiston va Kuvayt hukumatlari o‘rtasida o‘zaro savdo aylanmasi hajmini oshirish to‘g‘risidagi bitim loyihasini ishlab chiqish va imzolash hamda ikki davlat o‘rtasidagi eksport va import tovarlari nomenklaturasini diversifikatsiya qilish bo‘yicha bir to‘xtamga keldi.
Muzokaralar natijasida joriy yil sentabr oyida Toshkent shahrida navbatdagi O‘zbekiston-Kuvayt ishbilarmonlari o‘rtasida biznes-forum va V2V uchrashuvlarini o‘tkazishga kelishildi.
Mavzuga oid
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
09:30 / 31.10.2024
RF transchegaraviy savdo bozoriga kirishni cheklamoqchi
11:30 / 23.10.2024
Kuvayt Farg‘onada shifoxona qurishi mumkin
09:40 / 23.10.2024