Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 dekabr holatiga respublikada chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 86 197 taga yetgan. Bu ko‘rsatkich ichki bozorda savdo tarmoqlari faolligi yuqori saqlanayotganini ko‘rsatadi.
Shuningdek, joriy yilning yanvar–noyabr oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 443,4 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 12,8 foizga oshgan. 1 dekabr holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni esa 51 497 taga teng bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, keltirilgan raqamlar 2025 yilning 11 oyi yakunlari bo‘yicha shakllantirilgan.







