Rossiya Bosh prokuraturasi Mixail Xodorkovskiyni sudga berdi
Moskva Meshchanskiy sudi Mixail Xodorkovskiy, Platon Lebedev va Sibir lizing kompaniyasiga qarshi da’voni qabul qilib oldi. Ariza «Rossiya Federatsiyasi manfaatlarini ko‘zlab» taqdim etilgan. Da’voning mohiyati aniqlashtirilmagan.
Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi YuKOS kompaniyasining sobiq rahbari va muxolifatchi siyosatchi Mixail Xodorkovskiy, «MeNATeP» shirkati sobiq rahbari Platon Lebedev va Sibir lizing kompaniyasi ustidan sudga murojaat qildi. Tegishli da’vo Moskvaning Meshchanskiy sudi tomonidan ro‘yxatga olingan, deb xabar berdi «Interfaks» 16 may, payshanba kuni Moskva umumiy yurisdiksiya sudlari ma’lumotlar bazasiga tayanib.
Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, da’vo arizasi sudga 8 may kuni kelib tushgan, shundan so‘ng u ro‘yxatga olingan va sudyaga topshirilgan. Da’vo «Rossiya Federatsiyasi manfaatlari yo‘lida» qo‘zg‘atilgan, deya ta’kidlanadi qo‘shimcha tarzda. Da’voning aniq sababi va boshqa tafsilotlar aniqlashtirilmagan. Bu da’vo bo‘yicha eshituv 27 mayga belgilangan, deb yozadi RIA «Novosti».
YuKOS ishi
Mixail Xodorkovskiy va Platon Lebedev 2010 yilda YuKOS bo‘yicha sud jarayonida aybdor deb topilgan edi. Ular 2005 yilda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun birinchi sud jarayonida tayinlangan jazo bilan birga 14 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ikkinchi ish 200 million tonna neftni o‘g‘irlash va ularni sotishdan tushgan daromadlarni qonuniylashtirishga urinish ayblovlari bilan asoslandi.
2013 yil dekabrida Xodorkovskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan afv etilgan va Rossiyani tark etgan. 2024 yil yanvar oyida u Rossiya armiyasi haqidagi «feyklar» ayblovi bo‘yicha qidiruvga berilgan. Platon Lebedev 2014 yilda qamoqdan ozod qilingan.
Mavzuga oid
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
12:07 / 20.11.2024
O‘zbekiston va Rossiya Kaspiy dengizi orqali yangi yo‘nalishlardan foydalanmoqchi
21:03 / 19.11.2024