Moskvaning Meşçanskiy sudi Odinsovo tumani Korallovo qişloğida joylaşgan, YuKOS neft kompaniyasining sobiq egasi va xorijdagi rossiyalik muxolifat yetakçilaridan biri Mixail Xodorkovskiy hamda uning hamkori Platon Lebedev tomonidan taşkil etilgan “Podmoskovnyy” litsey-internatini davlat mulkiga ötkaziş töğrisida qaror çiqardi. Xususiy ta’lim muassasasini milliylaştirişni RF Boş prokuraturasi talab qilgan edi. 6 noyabr kungi qaror bilan prokuratura da’vosi qondirildi, deb xabar berdi Moskva umumiy yurisdiksiya sudlari matbuot xizmati 7 noyabr kuni.
“Interfaks” yozişiça, prokuratura söraganidek, sud qarori darhol ijro etilişi lozim. Litsey manfaatlarini vakil bölib himoya qilgan advokat Oleg Ilin agentlikka qaror ustidan şikoyat berilişini aytdi.
Majlis davomida litsey vakillari muassasa Xodorkovskiydan heç qanday moliyaviy mablağ olmagani, öqituvçilar çet elda tayyorgarlik kurslaridan ötmaganini bildirdi. Şuningdek, ularning ta’kidiça, litseyning Xodorkovskiy fondi yoki şaxsan u bilan heç qanday munosabati yöq.
Boş prokuratura litseyni milliylaştiriş zarurligini uning “amalda ijro hujjatlari böyiça qarzdorlar” — Mixail Xodorkovskiy va uning biznes-hamkori, “Menatep” sobiq rahbari Platon Lebedevga tegişli ekani bilan izohladi. Da’vo arizasida ta’lim muassasasi “RFda nomaqbul taşkilot” deb e’lon qilingan “Xodorkovskiy fondi” hamda sud mulki Xodorkovskiy va Lebedevga tegişli deb topgan “Parringrouv” kompaniyasi mablağlari hisobidan moliyalaştirilayotgani aytilgan. Bundan taşqari, prokuratura litseydagi ta’lim “siyosiy jihatdan notöğri” bölib, bolalarda “antirossiya körinişlarga nisbatan loyal munosabat” şakllantirayotganini da’vo qildi.
Iqtidorli yetim bolalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarga mansub bolalar uçun möljallangan “Podmoskovnyy” litsey-internati 1994 yilda Moskva viloyati Odinsovo tumanidagi sobiq dvoryanlar usadbasida oçilgan. “Nastoyaşçeye vremya” telekanali qayd etişiça, u yerda terroristik hujumlardan jabr körgan bolalar va halok bölgan harbiy xizmatçilarning farzandlari ham tahsil olgan. Rossiya rasmiylariga köra, litsey mulki tarkibida 86 gektar hudud, beşta turar joy va 40 ta noturar binodan iborat 25 ming kvadrat metrdan ortiq maydon mavjud.
Oktyabr örtalarida RF FSB Mixail Xodorkovskiy va “Rossiyaning Uruşga qarşi qömitasi”ning boşqa iştirokçilariga nisbatan jinoiy iş qözğatilganini e’lon qildi. Ular “hokimiyatni zöravonlik yöli bilan egallaş” hamda “terroristik hamjamiyatni taşkil etiş yoki unda iştirok etiş” moddalarida ayblanmoqda. FSBga köra, 2022 yil fevralda RFning Ukrainaga qarşi tölaqonli hujumi boşlangaç tuzilgan mazkur qömitaning maqsadlari “hokimiyatni zöravonlik bilan egallaş” va “konstitutsiyaviy tuzumni özgartiriş”dan iborat. Xodorkovskiy 2013 yilda YuKOS işi böyiça 10 yil koloniyada bölganidan keyin ozod etilganidan beri xorijda yaşab keladi.












