Rossiya Boş prokuraturasi Moskva yaqinida, Korallovo posyolkasida joylaşgan “Podmoskovnyy” litsey-internati — YuKOSning sobiq egasi va hozir xorijdagi rossiyalik muxolifat yetakçilaridan biri Mixail Xodorkovskiy hamda uning hamkori Platon Lebedev taşkil etgan muassasani milliylaştirişni talab qildi. Mos da’vo Meşçanskiy tuman sudiga kiritilgani haqida “Interfaks”ga 6 noyabr kuni uşbu hujjat bilan taniş manba xabar berdi.
“Nazorat tadbirlari jarayonida umumta’lim muassasasi — ‘Litsey-internat “Podmoskovnyy”’ ijro işi böyiça qarzdorlar — Xodorkovskiy va Platon Lebedevga amalda tegişli ekani aniqlandi. Şu sabab u davlat daromadiga ötkazilişi lozim”, — deb manbaning sözlaridan iqtibos keltiradi agentlik. Ta’minot çorasi sifatida prokuratura litsey mol-mulki, jumladan pul mablağlariga ham hibs qöyişni söramoqda.
Da’voda litseydagi ta’lim “siyosiy jihatdan özgaça” ekani va bolalarda “Rossiyaga qarşi körinişlarga loyal munosabat” şakllantirayotgani iddao qilingan. Şuningdek, Boş prokuratura ma’lum qilişiça, litsey RFda “nomaqbul taşkilot” deb e’lon qilingan “Xodorkovskiy jamğarmasi”, şu bilan birga sud Xodorkovskiy va Lebedevga tegişli, deb topgan “Parringrouv” kompaniyasi mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi.
Iqtidorli yetim bolalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlardan çiqqan bolalar uçun möljallangan “Podmoskovnyy” litsey-internati 1994 yilda Odinsovo tumanidagi sobiq dvoryan usadbasida oçilgan. “Nastoyaşçeye vremya” telekanali ta’kidlaşiça, u yerda terror hujumlaridan jabrlangan bolalar va halok bölgan harbiy xizmatçilarning farzandlari ham öqigan. Rossiya rasmiylariga köra, litsey mulki tarkibiga 86 gektar yer, 5 ta turar va 40 ta noturar binolar (umumiy maydoni 25 ming kvadrat metrdan ortiq) kiradi.
Oktyabr örtalarida RF FSB Mixail Xodorkovskiy va “Rossiyaning Uruşga qarşi qömitasi”ning boşqa iştirokçilariga nisbatan “hokimiyatni zöravonlik bilan egallaş” va “terroristik uyuşma taşkil etiş yoki unda iştirok etiş” moddalari böyiça jinoyat işi qözğatilganini ma’lum qildi. FSB ta’kidlaşiça, 2022 yil fevralda taşkil etilgan uşbu qömitaning maqsadlari “hokimiyatni zöravonlik bilan egallaş” va Rossiyada “konstitutsiyaviy tuzumni özgartiriş”dir. Xodorkovskiy 2013 yilda YuKOS böyiça uçta iş doirasida koloniyada 10 yil ötkazganidan söng ozod etilgan va şu paytdan beri çet elda yaşab keladi.












