O‘zbekiston | 07:47 / 18.05.2024
2667
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotgan sex aniqlandi

Toshkent viloyatida iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotini muomalaga kiritilishining oldi olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Prokuratura departamenti

Departamentning Bekobod tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan

Tadbirda “Qo‘rg‘on” MFY hududidagi xonadonda yashovchi F.A. o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida yashirin sex tashkil qilib, qo‘lbola moyjuvoz uskunasida yog‘ mahsuloti ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelgani aniqlanib, ushbu xonadonda 800 litr iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsuloti, 520 kilogramm paxta chigiti va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid