Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Mirobod tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, fuqarolar D.A. va U.F. 2 nafar fuqaroni Toshkent kimyo texnologiyalari institutining Samarqand filialiga 2-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishlari evaziga 5500 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Yangi Namangan tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro X.T. fuqaro I.S.ning ishonchiga kirib, uni qo‘shni Qirg‘izistondagi universitetga o‘qishga kiritib, keyinchalik o‘qishni Namangan davlat universitetiga ko‘chirib berishi evaziga 3000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
15:47 / 13.06.2026
Poraxo‘rlik jinoyati ishtirokchilari muddatidan ilgari ozod qilinmaydi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
21:32 / 02.06.2026