O‘zbekiston | 22:38 / 18.05.2024
27520
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ushlangan jinoiy guruh a’zolariga sud hukmi o‘qildi

Jinoiy guruhning 3 nafar a’zosiga 4 yildan 10 yilgacha muddatni nazarda tutuvchi qamoq jazosi tayinlandi.

Foto: IIBB axborot xizmati

Toshkent shahar IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda poytaxt hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash yuzasidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida ushlangan jinoiy guruh a’zolariga sud hukmi o‘qildi.

Jumladan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudining 19 aprel kunidagi hukmiga ko‘ra, 1972 yilda tug‘ilgan Umarov Lutfilla Rixsillayevich Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topildi. Sud tomonidan unga nisbatan 6 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudining 16 may kunidagi hukmiga ko‘ra, 1954 yilda tug‘ilgan Ibodov Niyoz Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan aybli deb topildi. Sud tomonidan unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanib, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, 1969 yilda tug‘ilgan Sultanov Baxodir Kasimovich Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan aybli deb topildi. Sud tomonidan unga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan o‘ta xavfli retsidivist deb topildi.

Mavzuga oid