Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan Içki işlar idoralari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbir natijasida terrorizmni moliyalaştiriş bilan şuğullangan bir guruh şaxslar faoliyatiga çek qöyildi.
Aniqlanişiça, Toşkent şahri, Samarqand, Buxoro, Andijon va Farğona viloyatlarida yaşovçi, 1987–1998 yillarda tuğilgan 8 nafar fuqaro Suriyadagi «Ğuroba katibasi» terroristik taşkiloti bilan boğliq bölgan Qirğiziston fuqarosi Abdulmuhsin Usmonovning ğoyaviy-psixologik ta’siriga tuşib, unga tegişli hisob raqamlariga pul ötkazib kelgan.
Tergov ma’lumotlariga köra, «Saad Muxtor» taxallusi bilan tanilgan mazkur şaxs «Telegram» messenjeri orqali Falastinda jabr körgan musulmonlarga yordam beriş bahonasida xayriya mablağlari yiğgan. Biroq töplangan mablağlar aslida Suriyadagi terrorçi guruhlar ehtiyojlari uçun sarflangan.
Sud hukmiga muvofiq, qonunbuzarlarning yetti nafari 3 yildan 8 yilgaça bölgan muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi. Yana bir nafar şaxsga esa 4 yil 4 oy muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.
Eslatib ötamiz, Jinoyat kodeksining 155-3-moddasiga köra, terrorizmni moliyalaştiriş jinoyati uçun 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan.
Davlat xavfsizlik xizmati fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan şubhali xayriya çaqiriqlariga işonmaslikka çaqirib, mablağ ötkazişdan oldin ularning haqiqiy maqsadi va qonuniyligini tekşiriş zarurligini ta’kidladi.












