X mikrobloglar servisi internetdagi propiskasini o‘zgartirdi
Ilon Mask sotib olgan ijtimoiy tarmoq nomini X’ga o‘zgartirgandan so‘ng deyarli bir yil davomida twitter.com manzilida joylashgan edi.
X mikrobloglar xizmati deyarli 20 yildan beri foydalanib kelayotgan twitter domeni bilan xayrlashdi. 17 may, juma kuni X Corp direktorlar kengashi raisi, amerikalik tadbirkor Ilon Mask: «Endi barcha asosiy tizimlar x.com’da joylashgan», deb yozdi. Eski havolalarni bosishga urinayotganda, foydalanuvchilar avtomatik ravishda yangi domen nomiga yo‘naltiriladi.
AQShda ishlab chiqilgan Twitter 2006 yilning iyul oyida ishga tushirilgan va foydalanuvchilarga 140 belgidan ortiq bo‘lmagan xabarlar almashish imkonini bergan. 2022 yil oktyabr oyida Mask platformani 44 milliard dollarga sotib oldi. Tadbirkorning o‘zi xaridni so‘z erkinligini himoya qilish va senzurani rad etish istagi bilan izohladi. 2023 yil iyul oyida ijtimoiy tarmoq nomi va logotipini o‘zgartirdi.
Twitter’ni sotib olgach, Mask platformaga o‘zgartirishlar kiritishni boshladi. Xususan, foydalanuvchining haqiqiyligini tasdiqlovchi ko‘k belgini faqat pulga olish huquqi joriy etildi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar o‘qishi mumkin bo‘lgan postlar soniga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Mask tanqidchilari fikricha, mulkdorlar almashganidan keyingi birinchi yil davomida ijtimoiy tarmoq tajovuzkor ritorika va noto‘g‘ri ma’lumotlar to‘lqini bilan to‘lib-toshgan.
Mavzuga oid
23:52 / 19.09.2024
AQSh Maxfiy xizmati Ilon Maskning o‘chirib yuborilgan tviti bo‘yicha tekshiruv boshladi
21:56 / 19.09.2024
Ramzon Qodirov Cybertruck elektromobili Ilon Mask tomonidan «o‘chirib qo‘yilganini» aytdi
20:28 / 18.09.2024
Neuralink ko‘rlarning ko‘rish qobiliyatini tiklovchi implantni ishlab chiqadi
23:02 / 14.09.2024