Jahon | 08:10 / 20.05.2024
30878
2 daqiqa o‘qiladi

Eron prezidentining vertolyoti qulaganidan keyin butunlay yonib ketgan - Reuters

Qulagan vertolyot tasvirlari Eron OAV tomonidan e’lon qilindi. Vertolyot qulagandan keyin to‘liq yonib ketgan. Yo‘lovchilar taqdiri haqida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q.

Foto: Tasnim News

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bortida bo‘lgan vertolyot qulaganidan keyin yonib ketdi. Bu haqda Eron OAV xabar berdi.

Vertolyot surati Eronning Isna agentligi tomonidan e’lon qilingan. Avvalroq Reuters agentligi Eron rasmiysiga tayanib, vertolyot qulagandan keyin to‘liq yonib ketganini ma’lum qilgandi. Yo‘lovchilar taqdiri haqida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q.

Qidiruv-qutqaruv ishlari noqulay ob-havoga qaramay, tun bo‘yi davom etdi: Eron ommaviy axborot vositalari halokat sodir bo‘lgan hududda yomg‘ir yog‘ayotganini xabar qildi. Vertolyotni qidirishda Eron armiyasi ham ishtirok etgan. 

Tasnim agentligi xabariga ko‘ra, yonib ketgan vertolyot mahalliy vaqt bilan ertalab soat oltilarda topilgan 

Baxtsiz hodisa 19 may kuni sodir bo‘ldi. Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, shuningdek, mamlakat tashqi ishlar vaziri Hussayn Amir Abdullohiyon va Sharqiy Ozarboyjon viloyati gubernatori Oyatulloh Muhammad Ali Al-Hoshim Ozarboyjon bilan chegaradagi to‘g‘on ochilishidan qaytayotgan edi. Vertolyot Sharqiy Ozarboyjon viloyatining Uzi qishlog‘i yaqinida qulagan. 

Ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, vertolyot qulagan hududda tuman tushgan, shuningdek, u yerda ham yomg‘ir yog‘moqda, bu esa avtomobillar va odamlarning o‘tishini qiyinlashtirgan loyga sabab bo‘lgan. 

Mavzuga oid