Jamiyat | 11:55 / 21.05.2024
2387
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Uchtepa tumanida fuqaroni 7000 dollar evaziga Koreyaga ishga yuborishini va’da qilib, oldindan 3500 dollar olgan shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchtepa tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, fuqaro A.O. fuqaro B.K.ning ishonchiga kirib, uni 7000 AQSh dollari evaziga Koreya davlatiga ishga yuborishini va’da qilib, oldindan 3500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid