Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘lov tizimlari xavfsizligini ta’minlash choralari belgilandi
To‘lov axborotini himoya qilish mexanizmlari, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik xizmatining vazifalari aniqlashtirildi.
Markaziy bank boshqaruvi buyrug‘i bilan To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilarning to‘lov tizimlarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash hamda raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Prezident qarori bilan raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari belgilangan.
Tasdiqlangan nizom quyidagilarni belgilaydi:
- to‘lov axborotini himoya qilish mexanizmlari;
- to‘lov axborotining konfidensialligi hamda ulardagi shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish;
- axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik xizmatining vazifalari;
- axborot tizimlari xodimlarining vakolatlari;
- axborot tarmoqlarini hujumlardan himoya qilish tartibi va axborot tizimlari va resurslari monitoringi, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni aniqlash;
- axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikning buzilishiga munosabat bildirish choralari;
- muhim to‘lov tizimlari operatorlariga axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘yiladigan talablar;
- bank va to‘lov tizimlarida shubhali firibgarlik operatsiyalariga qarshi choralar ko‘rish xizmatining vazifalari va boshqalar.
Mavzuga oid
15:02 / 04.11.2025
Chiqindi to‘lovlarini uyma-uy undirish amaliyoti to‘xtatiladi
18:05 / 24.10.2025
Ayrim oila farzandining nodavlat bog‘cha uchun to‘lovi bir qismi qoplab beriladi
12:36 / 24.10.2025
7 va undan yuqori ball olganlar IELTS uchun to‘lovni qanday qaytarib olishi mumkin?
12:10 / 16.10.2025