Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda “prava”ni imtihonsiz olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
U Toshkent viloyatida yashovchi shaxsning ishonchiga kirib, haydovchilik guvohnomasini imtihonsiz olib berishini aytib, oldindan 4,5 mln so‘m pulni qo‘lga kiritgan va so‘ng g‘oyib bo‘lgan.
Toshkent viloyatida yashovchi shaxs o‘zining bank kartasidan 4,5 mln so‘m pul noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligi yuzasidan ichki ishlar organiga murojaat qilgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Tezkor qidiruv natijasida ushbu harakat Qashqadaryo viloyatida yashovchi B.X. tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, B.X. jabrlanuvchi bilan Telegram messenjeri orqali tanishgan. Unga haydovchilik guvoxnomasini imtixonlarsiz olib berishda yordam berishni aytib uni aldab, oldindan 4,5 mln. so‘m pulini o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgan. Keyin esa o‘rtadagi yozishmalarni o‘chirib yuborgan va jabrlanuvchini qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.
Holat yuzasidan B.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq Toshkentda soxta “prava” sotib kelgan jinoiy guruhga qo‘lga olingandi. Ular 2022 yilning noyabr oyidan 2024 yilning apreliga qadar 200 nafardan ziyod fuqaroni “chuv” tushirgani ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026