Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada yuz bergan «avariya»da 5 nafar o‘zbekistonlik jabrlandi
Haydovchi tezlikni oshirishi oqibatida avtomobil yo‘ldan chiqib ketgan.
Rossiyadagi Aromashevo-Vagay yo‘lining 18-kilometrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida besh kishi jabrlandi.
Tyumen viloyati yo‘l politsiyasi 25 may kuni KIA avtomobili ariqqa sirg‘alib ketib, ag‘darilganini ma’lum qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 28 yoshli haydovchi tezlikni me’yoridan oshirgan.
Hodisa oqibatida 3 va 5 yoshli ikki bola, 30 va 32 yoshli yo‘lovchilar bilan haydovchining o‘zi jabrlangan.
Ta’kidlanishicha, jabrlanganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, Surgutdan Rossiya chegarasi tomon yo‘l olgan. Voqea sabablariga oydinlik kiritilmoqda.
Mavzuga oid
20:30
Haydovchiga sug‘urta tovoni uchun aybdor tomon sug‘urtalovchisiga murojaat qilish imkoniyati berildi
19:59
Tesla avtopilot rejimida uyga urildi va ichidagi ayolni o‘ldirdi
17:35
Xorazmda qahvaxonaga bostirib kirgan Cobalt voqeasi: 2 kishi jiddiy jarohatlangani ma’lum bo‘ldi
21:39 / 22.06.2026