O‘zbekiston | 08:01 / 25.05.2024
3333
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda mashina yo‘lovchisi giyohvand modda bilan ushlandi

Bektemir tumanidagi “Sharq” YPX maskanida Lacetti avtomashinasi to‘xtatilgan. Mazkur avtomashina yo‘lovchisi tekshirilganda, uning yonidan gashish giyohvandlik moddasi topilgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar IIBB xodimlari giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish faktlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish borasida samarali ishlarni davom ettirmoqda

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, 6 may kuni Bektemir tumanidagi “Sharq” YPX maskanida Lacetti avtomashinasi to‘xtatilgan. Mazkur avtomashina yo‘lovchisi 34 yoshli J.X. xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yonidan 84,13 gramm gashish giyohvandlik moddasi topilib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Bektemir tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Unga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.

Mavzuga oid