Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Hafta davomida quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi harorat +23…+33 daraja bo‘ladi, janubda va cho‘l hududlarda +37 darajagacha ko‘tariladi.
O‘tgan hafta yog‘ib o‘tgan yomg‘irlar va havoning salqinlashishidan so‘ng ushbu hafta davomida quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati +23…+28 darajadan +28…+33 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi. Ish haftasining oxiriga kelib shimolda, janubda va cho‘l hududlarda harorat +35…+37 darajagacha isiydi.
27−29 may kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +12…+15 daraja bo‘ladi, kunduz kunlari +25…+28 darajadan +29…+32 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.
Mavzuga oid
11:18 / 12.06.2026
Hafta davomida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
10:45 / 12.06.2026
O‘zgidromet aholini sel va suv toshqinlaridan ogohlantirdi
11:24 / 08.06.2026
Hafta davomida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
08:14 / 06.06.2026