Jamiyat | 10:22 / 28.05.2024
8365
2 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliqda bir kun ichida ikkinchi Lacetti yonib ketdi

29 yashar haydovchi Lacetti’ni boshqarib ketayotgan vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilgan. Oqibatda avtoulovning dvigatel qismida yong‘in kelib chiqqan.

Foto: IIBB YHXB

Bo‘stonliq tumanida Lacetti avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Joriy yilning 27 may kuni soat taxminan 21:45 larda Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan 4R12 Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni avtomobil yo‘lining 67-kilometrida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.

Haydovchi, 1995 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi U.Sh (haydovchi hushyor holda bo‘lgan) “Lasetti” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilishi natijasida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan. 

Urilish natijasida avtoulovning dvigatel qismida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in FVB o‘t o‘chiruvchilari tomonidan o‘chirilgan.

Ushbu YTH va kelib chiqqan yong‘in natijasida haydovchi va yo‘lovchining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.

Bundan oldin Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Gentra to‘liq yonib ketgandi. Haydovchi va ikki nafar yo‘lovchi avtomobildan tushib qolgan. Yong‘in natijasida harakat ishtirokchilariga ziyon yetmagan. 

Mavzuga oid