Böstonliq tumanida Lacetti avtomobili iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi.

Joriy yilning 27 may kuni soat taxminan 21:45 larda Böstonliq tumani hududidan ötgan 4R12 Bektemir-Çorboğ qörğoni avtomobil yölining 67-kilometrida yöl-transport hodisasi qayd etildi.

Haydovçi, 1995 yilda tuğilgan, Toşkent şahrida istiqomat qiluvçi U.Ş (haydovçi huşyor holda bölgan) “Lasetti” rusumli transport vositasini boşqarib ketayotgan vaqtida rul boşqaruvini yöqotib, yöl çetidagi beton tösiqqa urilişi natijasida yöl-transport hodisasi kuzatilgan. 

Uriliş natijasida avtoulovning dvigatel qismida yonğin kelib çiqqan. Yonğin FVB öt öçiruvçilari tomonidan öçirilgan.

Uşbu YTH va kelib çiqqan yonğin natijasida haydovçi va yölovçining soğliğiga ziyon yetmagan.

Bundan oldin Toşkent viloyati Böstonliq tumanida Gentra töliq yonib ketgandi. Haydovçi va ikki nafar yölovçi avtomobildan tuşib qolgan. Yonğin natijasida harakat iştirokçilariga ziyon yetmagan.