Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buzruk Buzrukovga oid ish sudda ko‘rilmoqda
U tovlamachilik, firibgarlik va bezorilik kabi jinoyatlarda ayblanmoqda.
«Dolzarb qirq kunlik» doirasida o‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlar davomida jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlangan jinoyat olami vakili 1985 yilda tug‘ilgan Buzrukov Buzruk Akmalovichga nisbatan sud jarayoni boshlangan.

B.Buzrukov bilan birgalikda uning yana bir jinoyat sherigi Doniyor Ibragimov ham sud qilinmoqda.
Har ikkala sudlanuvchi ham tergovda Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi a-bandi (tovlamachilik), 168-modda 3-qismi b-bandi, 4-qismi a-bandi (firibgarlik) va 277-modda 3-qismi a-bandi (bezorilik) bilan ayblangan.

Jinoyat ishida 4 nafar fuqaro jabrlanuvchi sifatida jalb etilgan.
Ma’lumot uchun, Buzrukov Buzruk Akmalovich 2023 yil 5 dekabr kuni «Dolzarb qirq kunlik» doirasida o‘tkazilayotgan tergov-tezkor harakatlar davomida ushlangandi.
«Buzruk» laqabli ushbu shaxsning instagramdagi sahifasida 130 mingdan ortiq o‘quvchi bo‘lib, u sahifasida hashamatli hayotidan lavhalarni joylab borardi.
Mavzuga oid
09:00 / 16.06.2026
Firibgarlar sud organlari nomidan SMS yubormoqda
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026