Jamiyat | 11:38 / 30.05.2024
2626
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

Toshkentning Bektemir hamda Uchtepa tumanlari ayrim hududlarida 30 may kuni “svet” vaqtincha o‘chiriladi.

Foto: Toshkent shahar elektr tarmoqlari

Bunga iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish sabab bo‘ladi

30 may kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

Bektemir tumani: “Zabardast”, “Ustozlar”, “Iyk ota” hamda “Gulbog‘”  MFY ayrim hududlarida soat 08:00 dan 13:00 gacha;
Uchtepa tumani: “Taqachi”, “Beshqayrag‘och”, “Ko‘rkamobod”, “Hojiobod”, “Latif Guzar”, “Hayratiy”, “A.Qodiriy”, “Jurjoniy”, “Quyi Darxon”, “Xurshid” hamda “O‘tkir” MFY ayrim hududlarida soat  10:00 dan 16:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid