Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Ulug‘ Amir Yalangto‘shning hayot yo‘li barchaga ibratdir" - Saida Mirziyoyeva
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva kecha premerasi bo‘lib o‘tgan “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy badiiy filmi haqida fikrlari bilan bo‘lishdi.
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Kecha Milliy kino saroyida Prezidentimiz tashabbusi bilan suratga olingan “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy badiiy filmining premerasi bo‘lib o‘tdi.
Film Ashtarxoniylar davrida (XVII asr) yashab o‘tgan buyuk sarkarda, ilm-fan homiysi, dunyoga mashhur Registon maydonining asoschisi Amir Bahodir Yalangto‘shga bag‘ishlangan. Unda fidoyi ajdodimizning hayoti, siyosiy faoliyati, qahramonliklari haqida hikoya qilinadi.

Filmni tomosha qilar ekanman, ulug‘ Amir Yalangto‘shning hayot yo‘li barchaga, xususan yoshlarimizga haqiqiy ibratdir, degan o‘y xayolimdan o‘tdi.
Jahongir Ahmedov boshchiligidagi ijodiy guruhning oldiga kino orqali tariximizni dunyoga yanada tanitish, xalqimizning milliy g‘ururini ko‘tarish kabi ezgu vazifalar qo‘yilgan edi. Nazarimda, “Bahodir Yalangto‘sh” filmi bu mas’uliyatli missiyani bajara oladi.

Film ijodkorlarini samimiy tabriklayman, degan Mirziyoyeva.
Eslatib o‘tamiz, mazkur film rejissyor Jahongir Ahmedov bo‘lib, 3 yil davomida suratga olingan va bu jarayonlarda katta jamoa ishlagan.
Mavzuga oid
11:02 / 20.01.2026
Saida Mirziyoyeva 2026 yilgi «Insoniy birodarlik» mukofoti sovrindorlarini tabrikladi
19:52 / 19.01.2026
BAAda Shayx Zayd mukofoti sovrindorlari taqdirlandi
11:47 / 03.01.2026
“Prezidentga haqiqatni yetkazadigan ko‘z va qo‘llar kerak” – Saida Mirziyoyeva Administratsiyadagi vazifalari haqida
17:28 / 02.01.2026