O‘zbekistonda monumental yodgorliklarni o‘rnatish tartibi o‘zgartirildi
Davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni o‘rnatish bo‘yicha hukumat ekspert komissiyasi tuzilmoqda.

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda monumental yodgorliklarni o‘rnatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni o‘rnatish bo‘yicha hukumat ekspert komissiyasi tuzilmoqda. Uning vazifalari:
- davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni o‘rnatish, olib tashlash (ko‘chirish) to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish va ularning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida asoslantirilgan takliflar tayyorlash va xulosalar berish;
- Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida o‘rnatiladigan davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarning loyihalarini g‘oiviy-badiiy ahamiyati nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish, o‘tkazilgan tanlovlar asosida saralab olish, zarur hollarda o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar berish;
- davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklar loyihalari konsepsiyasini g‘oyaviy-badiiy ahamiyati nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish va xulosa berish;
- davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni o‘rnatish, ko‘chirish va olib tashlash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish masalalarini manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rib chiqish va xulosalar berish va boshqalar.
O‘zbekistonda monumental yodgorliklarni o‘rnatish va olib tashlash (ko‘chirish) tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklar Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan o‘rnatiladi.
Davlat va jamoat tashkilotlarining mahalliy ahamiyatga molik monumental yodgorliklarni o‘rnatish to‘g‘risidagi takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlariga kiritiladi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan holda qaror qabul qilinadi.
Monumental yodgorliklarni o‘rnatishdan oldin tegishli sohadagi NNT va mehnat jamoalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkaziladi.
Monumental yodgorliklarning loyihalarini ko‘rib chiqish va xulosa berish uchun O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzurida badiiy ekspertlar kengashi tuziladi.
O‘zbekiston hududida shaxslarning hayot vaqtida xotirasini abadiylashtirishga va ularning sharafiga monumental yodgorliklar o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Monumental yodgorliklarni yaratish va o‘rnatish ishlarini moliyalashtirish manbalari Vazirlar Mahkamasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari qarorlari bilan belgilanadi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp tariflar bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikda yordamchilarini aybladi – OAV
Jahon | 23:51 / 12.04.2025
-
Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
Jahon | 22:54 / 12.04.2025
-
Dunyodagi eng tez fuqarolik samolyoti uchishga tayyor
Jahon | 21:42 / 12.04.2025
-
Piskentdagi avtomobil sinovining videosi tarqaldi. Mas’ullar “noto‘g‘ri talqin” bo‘layotganini aytmoqda
O‘zbekiston | 21:25 / 12.04.2025
Mavzuga oid

07:46 / 09.05.2024
Berlinda sovet yodgorliklari yonida Rossiya ramzlari taqiqlandi

11:34 / 01.05.2024
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi

07:40 / 24.04.2024
Arxeologiya yodgorligi hududida uy qurish uchun qabrlar buzib yuborilgani aniqlandi

11:20 / 27.03.2024