Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi mansabdor şaxslari va boşqalarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, Boş prokuror örinbosari Ş.Töxtaboyev boşçiligidagi işçi guruhi tomonidan Buxoro viloyatida joylaşgan madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş va ulardan oqilona foydalaniş borasidagi işlar örganilgan. Jumladan, işçi guruh mutaxassislar iştirokida Buxoro şahridagi bir qator tarixiy yodgorliklar – “Xöja Kalon” masjidi, “Xusayni” va “Nodir Devonbegi” madrasalari hamda “Ark” majmuasi devorlarini restavratsiya va ta’mirlaş işlari bilan yaqindan tanişgan.
Örganişda bajarilgan iş hujjatlariga soxta yozuvlar kiritiş yöli bilan “Xöja Kalon” masjidida 731 mln söm, “Xusayni” madrasasida 216 mln söm hamda “Nodir Devonbegi” madrasasida 90 mln söm mablağ talon-toroj qilingani aniqlangan. Şuningdek, Buxoro şahri tarixiy markazi hududida joylaşgan 74 ta obektga manzil körsatkiç belgilari örnatiş uçun ajratilgan 50 mln söm budjet mablaği ham talon-toroj qilingani ma’lum bölgan.

Bundan taşqari, Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi mansabdor şaxslari tomonidan 2,3 mlrd söm budjet mablaği tovar-moddiy boyliklar sotib oliş uçun sarflangani yuzasidan hujjatlar rasmiylaştirilib, amalda mablağlar talon-toroj qilingan. Markazda davlat xaridlari töğrisidagi qonunçilik hujjatlari talablari ham buzilib, töğridan-töğri şartnoma tuziş uçun asos bölmasa-da, manfaatlar töqnaşuviga yöl qöygan holda 32 ta holatda 26 mlrd sömlik şartnomalar tuzilgan.
Örganiş natijasiga köra, Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi mansabdor şaxslari va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda örganişlar davom etmoqda.












