Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiya 2036 yilga borib mudofaa budjetini 83 foizga oshiradi
Mamlakat mudofaani mustahkamlash uchun 611 milliard Norvegiya kronasini (50 milliard yevrodan ortiq) sarflashni rejalashtirmoqda. Bosh vazir Yonas Gar Styore bu qadamni tarixiy deb atadi.
Norvegiya parlamenti 4 iyun, seshanba kuni mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash rejasini bir ovozdan ma’qulladi. U 2036 yilgacha mudofaa xarajatlarini 83 foizga, ya’ni 600 milliard Norvegiya kronasiga (51,7 milliard yevro) oshirishni nazarda tutadi.
Tasdiqlash jarayonida hukumat rejasiga bir nechta tuzatishlar kiritildi - mudofaa uchun 11 milliard krona (960 million yevro) miqdorida qo‘shimcha mablag‘ ajratish, Norvegiya dengiz floti uchun oltinchi suvosti kemasini buyurtma qilish, uzoq muddatli harbiy kemalarni joylashtirish, Osloni himoya qilish uchun havo hujumidan mudofaa tizimlari va razvedka qobiliyatini kuchaytirish.
Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore parlamentning mudofaa rejasiga kiritilgan tuzatishlarini «tarixiy» deb atadi. «Bu bizning ittifoqchilarimiz va boshqa mamlakatlar uchun Norvegiya o‘z mudofaasini mustahkamlashda birlashganligi haqida muhim signaldir», - deya Styore so‘zlaridan iqtibos keltirgan dpa axborot agentligi.
Yangi mudofaa budjeti 11 iyunda yakuniy tarzda qabul qilinishi kutilmoqda. Avvalroq Norvegiya rasmiylari mamlakat 2024 yilda NATO doirasidagi harbiy xarajatlar bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichga erishish niyatida ekani, bu yalpi ichki mahsulotning 2 foizini tashkil etishi kerakligini ta’kidlagan edi.
Mavzuga oid
08:16 / 09.06.2026
Norvegiya dunyodagi eng chuqur suvosti tunnelini qurmoqda
08:22 / 05.06.2026
Qaysi davlatlar mudofaa uchun eng ko‘p mablag‘ ajratyapti?
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
10:35 / 25.04.2026