Parijda O‘zbekiston-Fransiya hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 3-4 iyun kunlari investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov boshchiligidagi O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi kengaytirilgan tadbirlar dasturi bilan Parijga tashrif buyurdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tashrif doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Fransiya Hukumatlararo komissiyasining 10-yig‘ilishi hamda qo‘shma biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 80 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.
Tomonlar qurilish materiallari ishlab chiqarish, tog‘-kon sanoati, aviatsiya va mashinasozlik, yashil energetika, suv ta’minoti, transport infratuzilmasini kengaytirish va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikning bir qator yangi istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldilar.
Bundan tashqari, tashrif doirasida Fransiya prezidentining kontinental Yevropa va Turkiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Bertran Bushvalter, eksport va savdo siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Viktor Vandevil, tashqi savdo delegat vaziri Frank Rister, shuningdek, Fransiyaning Saint-Gobain, Eramet, Schneider Electric, Renault, Voltalia, Eiffage, Airbus, Orano kabi yirik kompaniyalari rahbarlari bilan qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Savdo-iqtisodiy, sanoat va sarmoyaviy hamkorlik hajmini yanada oshirish, shuningdek, o‘zbekistonlik hamkasblar bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda yangi yirik fransuz kompaniyalarini jalb etishga tayyor ekanliklari bildirildi.
Mavzuga oid
23:37 / 14.09.2024
Olimlar 50 ming yil g‘orda izolyatsiyada yashagan neandertallar qoldiqlarini topdi
15:24 / 12.09.2024
Telegram Fransiya politsiyasining so‘rovlariga javob berishni boshladi – Liberation
09:28 / 06.09.2024
Konservator Mishel Barne Fransiyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi
19:35 / 31.08.2024