Haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Toshkent shahri, Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida haydovchilik guvohnomasi noqonuniy yo‘llar bilan olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, fuqaro J.N. fuqaro M.I.ga 1 500 AQSh dollari evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida hech qanday imtihonlarsiz haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytib, oldindan 750 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Dehqonobod tuman bo‘limi va viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro Sh.O. fuqaro S.U. va uning tanishi J.T. haydovchilik guvohnomasi olish uchun o‘qimagan bo‘lsa-da, mudofaaga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkilotida ishlovchi o‘zining tanishlari yordamida 6 oy o‘qiganligi haqida tegishli hujjat rasmiylashtirib berishi evaziga 7,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Shahrixon tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, A.I.T. MChJ avtomaktabi o‘rgatuvchi ustasi B.J. fuqaro I.I.ga B toifali haydovchilik guvohnomasini olib berishini va’da qilib, evaziga 650 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi
Jahon | 22:08
-
Jyeyms Kukning afsonaviy Endeavour kemasi topildi
Jahon | 21:48
-
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Atambayev Xalqaro sudda javob berishga tayyorligini bildirdi
Jahon | 21:12
-
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17
Mavzuga oid

11:15 / 19.04.2025
Xorijiy fuqarolarga to‘lov evaziga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi soddalashtirilgan tartibda beriladi

11:12 / 15.01.2025
Germaniya o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga taklif qilmoqda - DW

12:02 / 22.11.2024
Xorijdagi vatandoshlarga minnatdorchilik belgisi – O‘zbekistonda «Vatandosh» kartasi joriy qilindi

13:40 / 25.06.2024