Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prokuratura MChJni qasddan bankrotlikka olib kelish holatlarini aniqladi
Samarqand va Toshkent viloyatlarida mas’uliyati cheklangan jamiyatlarni qasddan bankrotlikka olib kelish holatlari fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda, Sh.B. MChJ rahbari F.A. MChJ Samarqand shahri, Firdavsiy ko‘chasida qurilgan ko‘p qavatli uylarning 70 ta xonadonini yaqin qarindoshlari va tanishlarining nomiga rasmiylashtirib berib, jami 10,5 mlrd so‘mni MChJ hisob raqamiga kirim qilmasdan, MChJni qasddan bankrotlik holatiga olib kelganligi aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Ohangaron shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, “O-T.” MChJ rahbari I.K. “A.” xususiy korxonasidan xarid qilingan 346,9 mln so‘mlik dori vositalari sotuvidan tushgan mablag‘larni MChJ hisob raqamiga kirim qilmasdan “O.-T.” MChJni qasddan bankrotlik holatiga olib kelganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 181-1-moddasi (qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish) va 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:28 / 07.05.2026
To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etiladi
08:53 / 22.04.2026
MChJ faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qonun kuchga kiradi
20:57 / 03.04.2026
Qarzini uzolmasdan bankrot bo‘layotgan firmalarga oyoqqa turib olishida yordam beriladi
09:41 / 17.01.2026