Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida yuk mashinasi daryoga tushib ketdi
Yuqori Chirchiq tumanida yuk mashinasi Chirchiq daryosiga tushib ketdi. Oqibatda yo‘lovchi vafot etdi, haydovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Foto: Videodan kadr
Joriy yilning 9 iyun kuni soat 18:30 atrofida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida yuk mashinasi Chirchiq daryosiga tushib ketdi.
Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, korxonalar orasida tashkil etilgan avtomobil yo‘lidagi ko‘prikda 23 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Howo yuk mashinasi ehtiyotsizlik oqibatida daryoga tushib ketgan.
Oqibatda mashinada bo‘lgan yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Haydovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda hodisa poyga tufayli yuz bergani aytilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:46 / 21.11.2025
“Bu siyosiy o‘yin” – ekspertlar Rossiyadan “daryo tortib kelish”ga nima deydi?
14:10 / 18.11.2025
O‘zbekistonda suv obektlarining davlat tilidagi ro‘yxati tasdiqlandi
07:16 / 18.11.2025
Sayyoraning eng qudratli 30 daryosi: Amazonka mutlaq yetakchi
07:30 / 12.11.2025