O‘zbekiston | 17:28 / 19.06.2024
12239
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi

Qirg‘izistonda soat 17:09 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi Namangan viloyati tumanlarida ham sezildi (2–3 ball). Shu vaqtda Toshkent shahri aholisi ham yer silkinishini sezgani haqida xabarlar berdi.

11 iyun kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.

Yer silkinishi Toshkent vaqti bilan 17:09 da ro‘y bergan. Uning koordinatalari: 41,58 gradus shimoliy kenglik; 71,21 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda – 4,2. Chuqurlik – 10 km. Episentr – Toshkentdan 170 km janubi-g‘arbda.

FVV xabariga ko‘ra, zilzila Namangan viloyatining quyidagi uch tumani hududida sezilgan:

  • Yangiqo‘rg‘on tumanida 2-3 ball, 43 km.
  • Kosonsoy tumanida 2 ball, 53 km.
  • Chust tumanida 2 ball, 59 km.

Shu vaqtda Toshkent shahrida yashovchilar ham yer silkinishini sezgani haqida xabarlar berdi.

Mavzuga oid