Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda qoidabuzar kuyovning 68 ta jarimasini qaynota to‘lab berdi
Qaynota 68 ta qoidabuzarlik uchun 28 mln so‘m to‘lab bergan va qizining Lacetti mashinasini jarima maydonidan olib chiqqan.
Andijon shahrida yo‘l harakati qoidalarini 68 marta buzgan yigitning jarimalarini uning qaynotasi to‘lab bergan. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Andijon shahrida yashovchi M.A. xotinining egaligida bo‘lgan Lacetti mashinasini boshqarib, yo‘llarda harakatlanish tezligini muntazam ravishda me’yoridan oshirib kelgan. Natijada 68 marotaba ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan.
Viloyat IIB YHXB organlari tomonidan MIB Andijon shahar bo‘limiga kelib tushgan jarima solish to‘g‘risidagi 68 ta qarorlarga muvofiq M.U.dan jami 28 mln so‘m undirilishi belgilangan.
Bo‘lim davlat ijrochisi mashina egasini jarima pullarini to‘lashi yuzasidan ogohlantirgan. Qarzdorlik to‘lanmagani sababli Lacetti jarima maydoniga olib kirib qo‘yilgan.
Shundan so‘ng mashina egasi bo‘lgan ayolning otasi kuyovi M.A. boshqaruvida sodir etilgan 68 ta jarima uchun 28 million so‘m miqdoridagi ma’muriy jarimalarni to‘lab bergan va qizining mashinasini jarima maydonidan olib chiqqan.
Mavzuga oid
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026
Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi
18:35 / 30.05.2026
Andijonda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi
11:49 / 20.05.2026