O‘zbekiston | 08:44 / 21.06.2024
2400
1 daqiqa o‘qiladi

Marmar va ohaktoshlarni noqonuniy qazib olish holatlari aniqlandi

Navoiy viloyatida marmar va ohaktoshlarni noqonuniy qazib olish holatlari aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning G‘ozg‘on shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, M.S. MChJ mas’ul shaxslari “Marmarobod” MFY hududidagi marmar konidan tegishli ruxsatnoma olmasdan 3020 kub hajmdagi marmar toshlarini noqonuniy ravishda qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 694,8 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Shu kabi, departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, N.G. MChJ mas’ul shaxslari “Turatau-2” konidan MChJ belgilangan hududdan tashqarida 3178 kub hajmdagi ohaktoshni o‘zboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 143 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid