Jamiyat | 10:30 / 23.06.2024
3960
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda mayning ferma tashkil etgan xonadon aniqlandi

Xonadon egasi mayning ferma tashkil etib 751,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Toshkent shahri Yangihayot tumanida mayning ferma tashkil etgan xonadon aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda “Chortoq” MFY hududida yashovchi O.K. uyining yerto‘lasida 5 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarini elektr tarmog‘iga yashirincha ulab, 751,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik), 278-9-moddasi (mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid