O‘zbekiston | 07:40 / 28.06.2024
7879
2 daqiqa o‘qiladi

Jurnalist va sobiq hokim Nazirjon Saidov vafot etdi

Taniqli jurnalist, Oltinko‘l tumani sobiq hokimi Nazirjon Saidov vafot etdi.

U Jurnalistlar uyushmasi a’zosi bo‘lgan, "El yurt hurmati" ordeni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvonlari bilan taqdirlangan.

Nazirjon Saidov 1948 yilda Oltinko‘l tumanida tavallud tug‘ilgan. 1979 yilda Toshkent davlat universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Ijodiy faoliyatini davomida 1970 yilda Andijon tuman ijroiya qo‘mitasi muassisligidagi "Kommunizm tongi" (hozirda "Andijon tongi") gazetasida adabiy katta adabiy xodim vazifasidan boshlagan. Turli yillarda muxbir, bo‘lim mudiri va muharrir o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 1978-1984 yillarda Oltinko‘l tumanidagi "Kommunistik mehnat uchun", 1999 yildan 2004 yilga qadar "Andijonnoma" va "Andijanskaya pravda" gazetalari muharriri sifatida faoliyat yuritgan.

Nazirjon Saidov 1984 yildan 1999 yilga qadar hokimlik tizimida ishlagan bo‘lib, 1984 yildan Oltinko‘l tumani ijroiya Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, 1990-1993 yillarda Oltinko‘l tuman hokimi, 1993-1999 yillarda Andijon viloyat hokimining o‘rinbosari, kotibiyat mudiri lavozimlarida ishlagan. 2008-2021 yillarda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limi rahbari sifatida ish olib borgan.

Faxriy jurnalist 2001 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, 2019 yilda "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan. II chaqiriq Oliy Majlis deputati bo‘lgan.

Mavzuga oid