Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘mon O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy qildi
Endilikda o‘zbekistonliklar ushbu davlatda 14 kun davomida vizasiz bo‘lishlari mumkin.
O‘mon O‘zbekiston fuqarolariga mamlakatga 14 kun davomida vizasiz bo‘lib turish tartibini joriy qildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
O‘monning O‘zbekistondagi elchixonasiga ko‘ra, mamlakatda mazkur muddatdan ko‘proq vaqt mobaynida bo‘lishni istagan o‘zbekistonliklar O‘monga kirish paytida aeroportning o‘zida kirish vizasini rasmiylashtirishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2021 yil 1 martdan boshlab O‘mon fuqarolari uchun 10 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilgan.
Avvalroq Tailand O‘zbekiston va yana 35 ta davlat uchun vizasiz rejim joriy etishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:51 / 22.05.2026
Eron va O‘mon Ho‘rmuzda kemalardan to‘lov undirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
23:09 / 21.05.2026
Oman Air Maskat va Toshkent o‘rtasida aviaqatnovni yo‘lga qo‘yadi
17:05 / 10.04.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyaga kirish qoidalari qanday?
18:55 / 26.03.2026