Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Matiz elektroskuterni urib yubordi
Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Mirobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 1 iyul kuni soat 23:30 larda Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida 22 yoshli J.P. Matiz rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan 35 yoshli A.X. boshqaruvidagi elektroskuter transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
YTH oqibatida skuter haydovchisi tan jarohati olgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:39 / 21.01.2026
Temiryo‘l muzeyi qarshisida ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:24 / 20.01.2026
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
18:20 / 19.01.2026
Navoiyda yana avtobus ag‘darildi
23:31 / 16.01.2026