Jahon | 09:12 / 03.07.2024
8082
2 daqiqa o‘qiladi

Malayziya G‘azoga tinchlikparvar qo‘shinlar yuborishga tayyor

Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim Indoneziya bilan birgalikda Falastin ekslaviga tinchlikparvar kuchlardan iborat kontingent jo‘natilishi mumkinligini ta’kidladi.

​​​​​​​Foto: Malayziya bosh vazirining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidan

Siyosatchining qayd etishicha, bunday holda malayziyalik qo‘shinlar Indoneziya tinchlikparvar kuchlari bilan birgalikda harakat qilishini aytdi. Biroq, buning uchun BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli mandati zarur bo‘ladi.

Anvar Ibrohim Indoneziyaning saylangan prezidenti va mudofaa vaziri Prabovo Subianto bilan telefon orqali suhbatda «Malayziya-Indoneziya xalqaro tinchlikparvar missiyasi doirasida hamkorlik qilish g‘oyasini olqishlashi»ni aytgan.

«Falastindagi humanitar vaziyatga to‘xtalib, men Prabovoga agar BMT mandat bersa Malayziya Indoneziya bilan har qanday insonparvarlik missiyasida hamkorlik qilishga tayyor ekanini aytdim», — deb yozgan bosh vazir Facebook’da.

Bu ikki davlat Isroilni mustaqil davlat sifatida tan olmaydi va u bilan biror bir diplomatik yoki iqtisodiy aloqalarga ega emas.

Avvalroq Isroil ommaviy axborot vositalari Anvar Ibrohimni antisemit chiqishlarda ayblagan edi. Jumladan, u muxolifat yetakchisi bo‘lganida Isroilning «Mossad» maxsus xizmatlari Malayziya hukumatini nazorat qilishini aytganini eslatishgan. U shuningdek, avvalgi bosh vazir Nadib Razzoq tomonidan yollangan jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha firmani yahudiylar boshqarini ham aytgan.

2012 yilda Anvar Ibrohim The Wall Street Journal gazetasiga bergan intervyusida «Isroilning xavfsizligini himoya qilish bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashi»ni aytgan. Bu izoh o‘shanda Isroil bilan mojaroda har doim Falastin tomonida bo‘lgan Malayziyada katta e’tirozlar keltirib chiqargan.

Mavzuga oid