Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov Afg‘oniston delegatsiyasi bilan uchrashdi
Uchrashuvda tomonlar iqtisodiy, investitsiyaviy, energetika, transport-logistika, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda hamkorlik masalalarini muhokama qilishgan.
Foto: gov.uz
Afg‘oniston Sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Delegatsiya tarkibida 300 nafarga yaqin afg‘onistonlik tadbirkorlar va ishbilarmonlar o‘rin olgan.
3 iyul kuni Vazirlar Mahkamasida Bosh vaziri Abdulla Aripov Afg‘oniston delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Ma’lum qilinishich, uchrashuvda tomonlar iqtisodiy, investitsiyaviy, energetika, transport-logistika, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilishgan. Shuningdek, o‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha aniq choralar belgilanib, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida aloqalarni yanada kengaytirish muhimligi qayd etilgan.

Afg‘oniston delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi 6 iyulga qadar davom etadi. Tashrif doirasida bir qator vazirlik va idoralar bilan uchrashuvlar, ikki tomonlama biznes-forum hamda Afg‘oniston mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘tkazilishi belgilangan.
Mehmonlar Toshkent va Samarqand shaharlaridagi qator ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurishi ham rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
23:16 / 06.01.2026
O‘zbek tilining Afg‘onistonda qo‘llanishiga cheklov joriy etilmadi – TIV
08:55 / 30.12.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 390 tonna gumanitar yordam yetkazdi
21:38 / 27.12.2025
Afg‘oniston Tojikiston bilan chegaradagi voqealar bo‘yicha tekshiruv boshladi
13:38 / 26.12.2025