Jahon | 19:20 / 04.07.2024
8996
1 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Taker Karlsonga intervyu berishi rad etildi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy amerikalik jurnalist Taker Karlsonga intervyu berishni rejalashtirmagan. Bu haqda Zelenskiyning matbuot kotibi Sergey Nikiforov o‘z sahifasida xabar qildi.

Foto: kremlin.ru

«Janob Karlson FSBdagi manbalarini yaxshilab aniqlashtirib olishi kerak. Ukraina prezidentining grafigi boshqacha va unda Taker Karlsonga joy yo‘q», degan Nikiforov.

Avvalroq Karlson Ukraina prezidenti Zelenskiy bilan intervyu uyushtirmoqchi ekanini aytgandi. «Aftidan, bizda Zelenskiy bilan intervyu bo‘ladi», deb yozgandi Karlson X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Respublikachilar partiyasi yetakchisi Donald Trampning yaqin tarafdorlaridan bo‘lgan Taker Karlson fevral oyida Rossiya prezidenti Putin bilan intervyu uyushtirgandi. Karlson AQSh hukumatini tanqid qilib, Rossiya prezidenti Putinning siyosatini ochiqchasiga oqlaydi.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid