Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5 oyda 2,2 mln o‘zbekistonlik turistik maqsadlarda chet elga chiqqan
O‘zbekistonliklarning turistik maqsadlarda eng ko‘p chiqayotgan davlatlari ro‘yxatida Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va Saudiya Arabistoni yetakchilik qilgan.
2024 yilning yanvar-may oylarida 2,2 mln nafar o‘zbekistonlik turistik maqsadlarda chet elga chiqqan. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 569,2 ming nafarga yoki 35,5 foizga oshgan.
Joriy yilning 5 oyida turistik maqsadlarda chet elga ketgan O‘zbekiston fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni:
– Qirg‘iz Respublikasi – 995,3 ming nafar;
– Tojikiston – 449,8 ming nafar;
– Qozog‘iston – 322,5 ming nafar;
– Saudiya Arabistoni – 100,2 ming nafar;
– Rossiya – 86,5 ming nafar;
– Turkiya – 63,9 ming nafar;
– BAA – 55,7 ming nafar;
– Quvayt – 16,5 ming nafar;
– Misr – 13,5 ming nafar;
– Janubiy Koreya – 8,3 ming nafar;
– Boshqa davlatlar – 59,5 ming nafar.
Mavzuga oid
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
13:44 / 23.03.2026
2 oyda O‘zbekistonga kelgan turistlar soni qariyb 1,8 mlnga yetdi
14:31 / 13.03.2026
Statistika: iqtisodiyoti eng tez o‘sgan hududlar ro‘yxati
15:43 / 14.02.2026