Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hizbulloh» yana Isroilga raketa uchirdi
Isroil mudofaa armiyasi TsAXAL va Livandagi «Hizbulloh» shialar harakati o‘zaro zarbalar almashdi. «Hizbulloh» tomonidan otilgan kamida sakkizta raketa Isroildagi ikki hududga borib tushgan.
Foto: Reuters
TsAXAL axborotiga ko‘ra, Livan tomonidan otilgan va Isroil havo kengliklarini kesib o‘tgan beshta raketa Zaritga, yana uchtasi esa Xar Dovga tushgan. Raketa tushgan hududlarda ogohlantiruvchi sirenalar chalinmagan.
TsAXAL raketa uchirilgan manzillarga javob zarbalari yo‘llagan. Isroil Harbiy havo kuchlari qiruvchi samolyoti «yer – osmon» tipidagi raketa tizimiga zarba yo‘llagan. Livandagi Markaba shahrida joylashgan harbiy obektga ham Isroil qiruvchi samolyotlari zarba yo‘llagan. TsAXAL o‘z sahifalarida zarbalarning drondan olingan videolarini e’lon qilgan.
Mavzuga oid
09:25 / 02.04.2026
Isroil “Hizbulloh”ning “Janubiy front” qo‘mondonini o‘ldirdi
08:33 / 01.04.2026
Tramp: AQSh Eron bo‘yicha maqsadiga yetdi, hujumlar tez orada to‘xtaydi
17:00 / 31.03.2026
Isroil parlamenti «terrorizm»da ayblangan falastinliklar uchun o‘lim jazosi kiritdi
08:37 / 30.03.2026