Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronning Sahand eskadron mina tashuvchi kemasi ta’mirlash chog‘ida yonboshlab qoldi
Harbiy kema muvozanatini yo‘qotib, yonga og‘ib qolgan. Avariyaga ballast sisternalarning nosozligi yoki ularga suv kirishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, degan kemasozlik korxonasi raxbari. Jabrlanganlar bor.
Eronning Sahand eskadron mina tashuvchi kemasi mamlakat janubida, Ko‘rfaz sohilida joylashgan Bandar Abbos kemasozlik korxonasida ta’minlanayotgan chog‘da yonboshlab qolgan, deb xabar beradi Eronning Tasnim agentligi.
Kema ballast sisternalarning nosozligi yoki ularga suv kirishi sabab muvozanatini yo‘qotgan.
ISOICO kemasozlik korxonasi bosh direktori Salmon Zarbiyning ISNA agentligiga bildirishicha, avariyaga sabab ballast sisternalarining nosozligi yoki ta’mirlash chog‘ida kemaning vallari joylashgan qismiga suv kirishi sabab bo‘lgan. Kema qisman cho‘kkan.
IRNA xabariga ko‘ra, voqeada jabrlanganlar bor.
Eronda yasalgan Sahand eskadron mina tashuvchi kemasi 2018 yilning dekabrida Bandar Abbosda suvga tushirilgan. U olti yil davomida yasalgan. Kema «yer–yer» va «yer–havo» tipidagi raketalar va zamonaviy radiolokatsion stansiya bilan jihozlangan. Eskadron mina tashuvchi kema besh oy davomida qo‘shimcha quvvatlanishsiz dengizda suzishi mumkin, unda vertolyot maydonchasi ham bor.
Kema suvga tushirilgan chog‘da Eron harbiy dengiz kuchlari qo‘mondoni bo‘lib ishlagan Hussayn Xonzodiy Sahand «eng zamonaviy harbiy kema» ekanini ta’kidlab, u «radarlardan yashirina olishi mumkinligi»ni aytgan edi.