“Faqat bitta balkon qiyshaygani aniqlandi” - 1-sonli shifoxona bosh shifokori
Poytaxtdagi 1-sonli klinik shifoxona binosida kuzatilgan deformatsiya, mutaxassislar o‘tkazgan tekshiruvda aniqlanishicha, faqat bitta balkonga taalluqli. Binoga zarar yetmasligi uchun qiyshaygan konstruksiya demontaj qilingan.
Toshkent shahri 1-sonli klinik shifoxonasi bosh shifokori Sodiq Alimov shifoxona binosidagi to‘sinlarning singani yuzasidan izoh berdi. Uning ma’lum qilishicha, holat 8 iyul kuni soat 10:30 larda ro‘y bergan.
”5 qavatli binomizning ikkinchi qavatidagi balkoni to‘sini darz ketganini ko‘rib qoldik. Bu bo‘yicha darhol FVX xodimlari, o‘zimizdan yuqori turuvchi tashkilotlarga ma’lumot berdik. Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari keldi, hamma yerni tekshirdi va ekspertlarni chaqirib, ularning xulosasini olish kerakligi haqida xulosa berdi. Ekspertlar kelguncha binoning bu qismidagi bemorlar boshqa qismga ko‘chirildi. Birorta bemor shifoxonadan chiqib ketgani yo‘q”, – deydi u Toshkent shahar hokimligi tomonidan e’lon qilingan videoizohda.
Bosh shifokorga ko‘ra, shundan keyin “Og‘ir sanoat loyiha” instituti mutaxassislari, sud ekspertlar kelib, binoning hamma yerini tekshirib chiqqan. Tekshiruvda zararlanish lokal xarakterga ega va bitta balkonga taalluqli, degan xulosaga kelingan.
“Shu balkonning konstruksiyalarini olib tashlash kerakligini aytishdi. Shu munosabat bilan quruvchilarni chaqirdik. Balkonning beton konstruksiyalari vaqt o‘tgani sayin qiyshayib kelayotgandi.
Biror zarar yetkazmasligi uchun bu konstruksiyalarni tushirib yubordik. Binoga zarar yetgani yo‘q, to‘laqonli o‘z funksiyasini bajarib turibdi”, – deydi Alimov.
Ta’kidlanishicha, shifoxona obekti 1979 yilda qurilgan, 2018-2019 yillarda to‘liq rekonstruksiyadan chiqqan. Hozirgi kunda unda 118 nafar bemor bor.
Sodiq Alimov bugungi kunda binoning holati yomon emasligi, qoniqarli ahvoldagini aytdi.
Mavzuga oid
18:52 / 23.11.2024
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
13:42 / 23.11.2024
Dubayda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
10:51 / 23.11.2024