Jamiyat | 10:09 / 11.07.2024
5084
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda tez harakatlangan Tracker zovurga tushib ketdi

Haydovchi tezlikni me’yordan oshirgan va boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda mashina yo‘lning qatnov qismidan chiqib zovurga tushib ketgan.

Foto: Videodan kadr

Andijon tumanida tez harakatlangan Tracker boshqaruvni yo‘qotib zovurga tushib ketgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 10 iyul kuni sodir bo‘lgan.

Shu kuni soat 23:30 larda, Andijon tumani “Teraktagi” MFY hududidan o‘tgan 4R-112 avtomobil yo‘lida 28 yoshli haydovchi U.Sh. o‘zining Tracker mashinasini boshqarayotib tezlikni me’yoridan oshirib yuborgan.

Oqibatda, haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va mashina yo‘lning qatnov qismidan chiqib ketib, zovurga tushib ketgan.

Hodisada hech kim halok bo‘lmagan. Faqat mashina yo‘lovchisi 20 yoshli T.A. tan jarohati olib shahar shifoxonasiga murojaat qilgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqand viloyatida boshqaruvni yo‘qotgan Nexia-3 kanalga qulab tushib oqib ketgandi.

Mavzuga oid