Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 40 yil ichida ilk bor Olimpiada namoyish etilmaydi
Parijda o‘tadigan yozgi olimpiada o‘yinlariga rossiyalik sportchilarning qo‘yilmagani sababli Olimpiada translatsiyasini Rossiyaning birorta telekanali yoki striming servisi sotib olmagan.
Rossiya OAVlarining yozishicha, «ayni paytdagi realliklarda Perviy» va «Rossiya-1» telekanallarida Rossiya bayrog‘i va madhiyasisiz Olimpiadani ko‘rsatmaslik to‘g‘risida siyosiy qaror qabul qilingan».
So‘nggi marta Rossiyada 1984 yili Los-Anjyelesda o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlari boykot tufayli ko‘rsatilmagan. So‘nggi olimpiadalarni esa Rossiyada «Match-TV», «Perviy kanal» va VGTRK tarkibiga kiruvchi kanallar namoyish etib kelishgan.
2023 yilning dekabrida Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Rossiya Federatsiyasi va Belarusdan sportchilar olimpiadada faqat neytral statusda — o‘z mamlakatlari bayrog‘isiz va boshqa milliy atributikalarsiz qatnashishi lozimligi to‘g‘risida qaror chiqargan edi. Bu holda Olimpiadaga Rossiyaning Ukrainaga bosqinini faol qo‘llab-quvvatlovchi, shuningdek, RF va Belarusning harbiy yoki kuchishlatar tuzilmalari bilan bog‘liq atletlar qo‘yilmagan.
Mavzuga oid
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45 / 18.06.2026
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026